Professional boksning super o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Rio olimpiadasi sovrindori joriy yilning 14 fevral kuni AQSHda ringga ko‘tariladi.
Hamyurtimizga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun, bokschimiz professional boksda bungacha 4 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. E’tiborlisi, ulardan 3 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Uning raqibi Marko Antonio faoliyati davomida umumiy hisobda 31 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bu janglarning 25 tasida uning qo‘li baland kelgan. 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 1 jangda durang qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019 yilning 13 dekabrida o‘tkazib, amerikalik Aleksandr Vonni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...