Bugun Oliy xokkey ligasi (VXL) - Buyuk ipak yo‘li kubogi muntazam chempionatida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
"Humo" jamoasi o‘z maydonida Tverning "Dinamo" klubiga qarshi bahs olib bordi va 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi. "Qanotlilar" uchrashuv davomida ikki bor hisobda ortda qolganlariga qaramay irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, birinchi konferensiyada 59 ochko (A divizonda 59 ochko, 5-o‘rin) jamg‘arishga erishgan Yevgeniy Popixin shogirdlari pley-off yo‘llanmasiga rasman ega chiqishdi.
Gap shundaki, "Tambov" bugun "Rostov" bilan o‘yinda ochko yo‘qotsa, toshkentliklar muddatidan oldin pley-offga chiqishar edi. Amalda ham shunday bo‘ldi, "Rostov" 3:2 hisobida raqibidan ustun keldi.
Endilikda "Humo"ning eng yaqin ta’qibchilari bo‘lmish "Tambov" hamda "Dinamo Tver" oldinda turgan barcha bellashuvlarda g‘alaba qozonib, "qanotlilar" mag‘lub bo‘lgan taqdirda ular ochkolar soni bo‘yicha biznikilarga yetib olish imkoniyatiga egalar. Ammo asosiy vaqtdagi g‘alabalar soni evaziga Yevgeniy Popixin shogirdlari raqiblardan oldinda turadi.
5 fevral o‘zbek xokkeyi tarixidan joy oldi. Bugungi o‘yinda ilk bor muxlislar maydonga o‘yinchoqlar uloqtirish marosimida ishtirok etishdi. Mazkur yumshoq o‘yinchoqlar onkologik kasallikdan aziyat chekuvchi bolalarga va mehribonlik uylariga taqdim etiladi.
Bundan tashqari, Toshkentning "Humo" xokkey klubi Oliy Xokkey ligasi (VXL) pley-off bosqichiga chiqdi. Xokkeychilar shanba kuni safar o‘yinlari seriyasi uchun Nijniy Novgorodga yo‘l olishadi. U yerda 10 fevral kuni "Torpedo-Gorkiy" "Humo"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi