O‘zbekistonda hozirgi kunda xokkey jadal rivojlanmoqda, va Oliy Xokkey Ligasida yurtimiz sharafini poytaxtning “Humo” jamoasi himoya qilmoqda.
“Humo” o‘yinlarini vatandoshlarimiz, shou-bizness vakillari, sportchilar va “Paxtakor” FK futbolchilari maroq bilan kuzatishadi. O‘tgan yil davomida futbolchilar bir necha marotaba “Humo”dagi hamkasblarini qo‘llab - quvvatlash uchun o‘yinlarga borishgan, tantanali shayba tashlash marosimida esa “Paxtakor” bosh murabbiysi Shota Arveladze hamda futbolchilardan Marat Bikmayev, Dragan Cheranlar ishtirok etishgan.
Kecha Rossiya Xokkey Federatsiyasi tarkibidagi XTMD (Xokkeychilarni tayyorlash milliy dasturi) “Krasnaya mashina” rahbari Vladimir Shalayev xamda OXL (Oliy Xokkey Ligasi) boshqaruv direktori Kirill Pafifov, O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasi vitse-prezidenti Kirill Matveyev va Federatsiya ijrochi direktori Elbek Mahmudov “Paxtakor” FK mehmonlari bo‘lishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Mehmonlar “Paxtakor” XK direktori Dmitriy Adisman va jamoa bosh murabbiysi Shota Arveladze bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida mehmonlar stadiondagi “Paxtakor-79” yodgorligini ziyorat qilib, 1979 yil 11 avgust kuni aviahalokatda halok bo‘lgan jamoa ruhini yod etishdi.
Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasida yangi mavsumning ilk o‘yinini o‘tkazadi.
Vladimir Shalayev, Kirill Pafifov, Kirill Matveyev va Elbek Mahmudov “Paxtakor”ni omadli kechgan 2019 yil mavsumi bilan tabriklab, Osiyo Chempionlar Ligasi, Superliga va O‘zbekiston va Liga Kubogida omad va yangi zafarlar tilashdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi