14:00 / 08.02.2020
2 639

Rivaldo: “Valverde “Barsa”ning asosiy muammosi emasligi oydinlashdi”

Rivaldo: “Valverde “Barsa”ning asosiy muammosi emasligi oydinlashdi”
“Barselona”ning sobiq futbolchisi Rivaldo jamoa hujumchisi Lionel Messi va klub sport direktori Erik Abidal o‘rtasida yuzaga kelgan munozarali vaziyat borasida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

“Messining Abidalning so‘zlariga bildirgan “reaksiya”sini normal holat deb hisoblayman. Leo uning so‘zlaridan jahli chiqishi tabiiy. Chunki sport direktori bir qator futbolchilarning noprofessionallikda ayblab, eng yomon tomoni ularning birortasini nomini aytmagan. Natijada butun jamoa bosim ostida qoldi. Messi o‘zi va jamoadoshlarini himoya qilishga intildi va Abidal aynan kimni nazarda tutayotganini aniq aytishini istadi.

Bunday vaziyatlar odatda klub ichida hal qilinishi lozim. Abidal ataylab shu mazmunda gapirdi va yakunda bu “Barselona”ga ortiqcha muammolarni tug‘dirdi.
Bunday holatdan keyin Valverde jamoaning asosiy muammosi emasligi oydinlashdi. Eng yomoni ushbu vaziyatda yutqazgan ham aynan “Barselona” bo‘ldi. Abidal va Messi o‘zaro gaplashib olishlari lozim”, deya Rivaldoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rivaldo: “Valverde “Barsa”ning asosiy muammosi emasligi oydinlashdi”