
"Superliga-2020" bahslarining qur’a natijalariga ko‘ra, dastlabki turda Termizning “Surxon” klubi o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi.
Biz bu haqda joriy yildan “Surxon”da bosh direktor lavozimida ish boshlagan Hasan Ro‘ziyevning fikr va mulohazalari bilan qiziqdik.
- “Nima ham deya olaman? Baribir mavsum davomida barcha jamoalar bilan o‘ynashimizga to‘g‘ri keladi. Birinchi turni uyda o‘tkazar ekanmiz, ikkinchi turda Navoiyga safar qilamiz. Nazarimda qur’a biz uchun yaxshi keldi. Har bir jamoa o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan holda yo‘lga chiqadi. Hech kim pastki o‘rinlarni egallashni istamaydi. O‘ylaymanki, jamoamiz mavsum davomida yetakchilarga munosib qarshilik ko‘rsata oladi. Qolganini vaqt ko‘rsatadi”, – dedi sobiq hakam Ro‘ziyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar