date

FIFA yana uchta yirik homiysidan ayrildi

FIFA yana uchta yirik homiysidan ayrildi

FIFAning uch nafar yirik homiysi uyushma bilan munosabatlarga chek qo‘yishlarini 22 yanvar kuni e’lon qildi. Bu haqda Telegraph'ga asoslanib Kun.uz nashri xabar berdi.

Bu homiylar Castrol, Continental va Johnson&Johnson kompaniyalari bo‘lib, ularning vakillari “Zepp Blatter rejimi bilan aloqalar uzilganligi”ni tasdiqladilar.

Avvalroq tashkilot bilan hamkorlik qilishdan Sony va Emirates kompaniyalari ham bosh tortgan edi. Lekin bu kompaniyalar bunday qaror qabul qilishlarining aniq sabablarini ma’lum qilishmagan.

Ushbu 5 kompaniyaning moliyaviy ko‘magi FIFAga har to‘rt yilda 1,5 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ keltirardi. Bu kompaniyalarning har biri bilan uzoq muddatli kelishuvlar bor edi.

Ularning o‘rnini qaysi kompaniyalar egallashi masalasi hozircha ochiqligicha qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA yana uchta yirik homiysidan ayrildi