OCHL-2020 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Shabab Al Ahli” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmon ishtirok etishdi. Bosh murabbiy Rodolfo Arrubarenaga futbolchi Majid Hassan hamrohlik qildi.
“Bo‘lajak o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqib OCHLda qanday o‘ynashni juda yaxshi biladi. Tarkibida O‘zbekiston terma jamoasining ko‘plab futbolchilari bor. O‘tgan mavsum “Paxtakor” O‘zbekistondagi barcha musobaqalarda g‘olib bo‘lganidan xabardormiz. “Al Vasl”da ishlaganimda “Nasaf”ga qarshi o‘ynagandik, o‘shanda “Nasaf” safida harakat qilgan ba’zi futbolchilar bugungi kunda “Paxtakor”da ekanini ko‘rdim. Ertaga chiroyli o‘yin namoyish etib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”, - deydi Rodolfo Arrubarena.
“Biz juda ham kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Juda keskin bahs bo‘lishini kutyapman. Barcha yigitlar uchrashuvga tayyor. O‘yinda eng yaxshi jihatlarimizni namoyish etib, uch ochko olishni rejalashtiryapmiz”, - deydi Majid Hassan.
- O‘zbekistonda mavsum boshlanmagan, raqibni o‘rganishda qiyinchiliklar bo‘lmadimi?
- “Paxtakor” 3-4ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bundan xabardormiz. Bu jamoaning o‘yin falsafasi keskin o‘zgarib ketgan deb o‘ylamayman. Chap qanotdan hujumga o‘tishlari, o‘ng qanotdan hujum tempini oshirishlari...Raqib haqida ko‘p narsa bilsang ham o‘yin davomida bu asqotmasligi mumkin. Ertaga stadionga ko‘proq muxlislar kelishini kutyapman. Shuningdek, ob-havo yaxshi bo‘lishini istardim.
- Siz “Al Vasl” ustozi bo‘lganingizda “Nasaf”ga qarshi ikki marta o‘yin o‘tkazib ikkalasida yutqazgansiz. Siz boshqargan jamoalar OCHLda hech qanday natijalarga erisha olmagan.
- Ikkala o‘yinda ham yosh futbolchilarni maydonga tushirganmiz. Sababi BAA chempionatida o‘z maqsadlarimiz bor edi. Siz aytgan statistika to‘g‘ri, lekin bu o‘yinga ta’sir qiladi deb o‘ylamayman. Bu yil maydonga tushish, g‘alaba qozonish va ochko olsak guruhdan chiqish. Har bir klub yangi mavsum va yangi musobaqa oldidan o‘z oldiga shunday maqsad qo‘ysa kerak.
- Ahmad Halil oxirgi uchta o‘yinda maydonga tushmadi. Unda jarohat bormi, Toshkentga kelganmi?
- Halilda jarohat yo‘q va “Paxtakor” bilan o‘yinga tayyor. U Toshkentga kelgan.
- Aziz G‘aniyev haqidagi fikrlaringiz.
- G‘aniyev juda yaxshi o‘yinchi, “Nasaf”dagi va O‘zbekiston terma jamoasidagi o‘yinlarini ko‘rganman. Jamoaga yaqinda keldi va bizning falsafamizga qo‘shilib ketishiga biroz vaqt kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...