23:30 / 09.02.2020
2 773

"Parimatch" kubogi. "Rostov" penaltilar seriyasida "Lokomotiv"ga yutqazdi

"Parimatch" kubogi. "Rostov" penaltilar seriyasida "Lokomotiv"ga yutqazdi
Bugun Qatarda "Parimatch" kubogining 3-turidan o‘rin olgan "Rostov" hamda "Lokomotiv" Moskva jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvning asosiy bo‘limi 3:3 hisobida durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad "temiryo‘lchilar"ga kulib boqdi - 5:4.

Rostovliklar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 77-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa "Parimatch" kubogida Moskvaning "Spartak" klubi birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlardan esa "Lokomotiv", "Rostov" va "Partizan" jamoalari joy olishdi.

"Lokomotiv" Rossiya – "Rostov" Rossiya – 3:3 (1:1, penalti bo‘yicha 5:4)
Gollar:
1:0 – Murilo (19), 1:1 – Osipenko (42), 1:2 – Mamayev (50), 2:2 – Krixovyak (60), 2:3 – Yeremenko (70), 3:3 – Ribchinskiy (73).
«Lokomotiv»: Gilerme (Medvedev, 46), Kverkveliya, Murilo (Kulikov, 46), Xevedes (Idovu, 55), Ignatev, Magkeyev, Krixovyak, Barinov, Joau Mariu (Kolomeysev, 87), Ribus (Jivoglyadov, 82), Tugarev (Ribchinskiy, 46).
«Rostov»: Rudakov, Osipenko, Logashov (Kozlov, 46), Chistyakov (Xadjikadunich, 77), Chernov, Zaynutdinov (Saplinov, 46), Yeremenko (Kojemyakin, 77), Popov, Mamayev (Osinov, 69), Bayramyan (Dolgov, 46), Shomurodov (Proshlyakov, 77).

Musobaqa yakunidagi holat: «Spartak» – 7 (3), «Lokomotiv» – 5 (3), «Rostov» – 4 (3), «Partizan» – 2 (3).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Parimatch" kubogi. "Rostov" penaltilar seriyasida "Lokomotiv"ga yutqazdi