2 711
Jasurbek Jaloliddinov: "Milliy terma jamoa libosini kiyish – har bir futbolchi uchun sharaf"
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2020 yilda Jahon chempionati saralashi doirasida 3 ta juda muhim o‘yin o‘tkazadi.
Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi. Ushbu o‘yinga jiddiy hozirlik olib borish maqsadida terma jamoamiz 18-24 fevral kunlari BAAda yig‘in tashkil etadi. Mazkur yig‘in doirasida 23 fevral kuni Belarus terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi.
Ushbu yig‘inda “Bunyodkor” jamoasining 17 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Jasurbek Jaloliddinov ham ishtirok etadi. Yosh iste’dod egasi milliy jamoadan chaqiruv olganidan mamnun ekanini aytib o‘tdi:
– Milliy terma jamoa libosini kiyish, mamlakat bosh jamoasi safida to‘p surish – har bir futbolchi uchun sharaf sanaladi. Men ham yoshlikdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lishni orzu qilganman. Bu orzum amalga oshayotganidan behad mamnunman.
“Bunyodkor” jamoasi tarkibida Rustam Ashurmatov, Eldor Shomurodov kabi o‘yinchilarning yosh bo‘lsa-da milliy terma jamoada o‘ynashlarini kuzatib, ularga hamisha havas qilganman. Mening ham milliy jamoadan chaqiruv olishimda jamoadoshlarimning va murabbiylarning xissasi katta.
Endi bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor mahoratni ishga solish, mashg‘ulotlarda ham, o‘yin davomida ham maydonda qattiq ter to‘kish lozim bo‘ladi, – dedi yosh futbolchi.
Manba: ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»