
"Shahr Xodro" bilan uchrashuv arafasida "Paxtakor" darvozaboni bo‘lajak o‘yinga oid fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bo‘lajak raqib to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
- "Shahr Xodro" jamoasi haqida deyarli ma’lumotga ega emasman, ammo ularning tarkibiga qaraganimda Eronning mashhur va yoshi kattaroq futbolchilaridan 2-3 nafari shu jamoada o‘ynayotganini ko‘rdim.
- "Paxtakor" va o‘zbek jamoalari Eron jamoalari bilan muvaffaqiyatli o‘ynashadi. Ular bilan o‘yinlar qanday kechadi?
- Statistika bo‘yicha "Paxtakor" va umuman o‘zbek klublari Eron jamoalari bilan o‘yinlarda natijalari ijobiy bo‘lsa-da, ularga qarshi o‘ynash doim qiyin bo‘lgan. Chunki eronliklar jismonan juda baquvvat va arab klublariga nisbatan tartibli futbol namoyish qilishadi.
- Dastlabki g‘alabadan so‘ng jamoada kayfiyat qanday?
- Bizda doimgidek kayfiyat juda yaxshi. Chempionlar ligasida har bir qo‘lga kiritilgan ochkoning ahamiyati yuqori ekanini yaxshi bilamiz, lekin shu bilan birga jamoada bosim yo‘qligini aytib o‘tgan bo‘lardim.
Manba: "Paxtakor" rasmiy sayti “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar