
“Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis YECHLning 1/8 bosqichi doirasida 26 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadigan “Real” va “Man Siti” uchrashuvidan nima kutayotganini aytdi.
“Qiziqarli o‘yin bo‘ladi. O‘ylashimcha, Chempionlar ligasidagi katta tanaffusdan oldin, “Siti” bor kuchini joriy musobaqaga ajratadi: ularning barcha fikrlari, hamma taktik ko‘rinishlari, eng yaxshi futbolchilari. Angliya chempionati “Liverpul”ga boy berilgani bois, ushbu mavsum endi ular uchun Chempionlar Ligasi birinchi raqamli turnirga aylanadi.
Nazarimda, “Manchester Siti” va “Real”ning imkoniyatlari tengdek. Hatto kichik ustunlik, menimcha, hozir “Siti” tomonida. “Real”da biroz pasayish bor. “Siti”da esa tanaffus kamroq bo‘ldi va ular yaxshi formada. Biroq, “Real” bu “Real”. Bu Chempionlar Ligasining eng kuchli jamoalaridan biri. Ko‘ramiz", deydi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar