
“Leganes” klubi forvardi Martin Breytueyt faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra 28 yoshli daniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi esa “Barsa”ga 18 mln yevroga tushgan.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Breytueytning tovon puli 300 mln yevro etib belgilandi.

Ma’lumot uchun, Breytueyt joriy mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar