
"Spartak" ning chexiyalik yarim himoyachisi Aleks Kral UFC ning o‘zbekistonlik jangchisi Mahmud Muradov bilan do‘stligi haqida gapirdi.
"Slaviya bilan Yevropa ligasida o‘ynaganimizda, Mahmud stadionga keldi va uchrashuvdan so‘ng, menga dalda bo‘lish uchun "Siz yaxshi o‘yin ko‘rsatdingiz. Barakalla, - deb yozdi. Men unga javob berdim. Shu tarzda do‘stona munosabatimiz boshlandi. Bir necha yil oldin men ham Chexiyada uning janglarini kuzatgandim.
Aytgancha, Mahmud bir necha bor birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishga chaqirdi. Albatta, men oktagonga chiqish haqida gapirmayapman. Shunchaki, sport zalida ishlash, yugurish va hokazolar... Ehtimol, keyingi safar uyga borganimda, bu taklifni qabul qilarman", - dedi Kral RT bilan intervyuda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar