
Futbolchilik faoliyatida jamoaning himoya qo‘rg‘onida harakat qilgan va olti yildan buyon jamoa direktori bo‘lib ishlab kelgan Dilaver Vaniyev “Mash’al”ning tarixidagi 17-murabbiyi bo‘ldi. Vaniyevga Botir Qorayev va Otabek Narzullayev yaqindan yordam berishadi.
Faoliyati davomida “Yangiyer”da boshlagan himoyachi "Zarafshon", "Navbahor" va "Mash’al" jamoalarida bir mavsum to‘p tepgan 3-raqam egasi, 2005 yildan beri Muborakda. Orada bir mavsum "Andijon" libosini kiydi. Hatto klub 1-ligaga tushib ketgan yili ham Vaniyev jamoasiga sodiq qolgan edi.
1975 yilda tavallud topgan futbolchi roppa-rosa 39 yoshigacha futbol o‘ynadi. Doimiy ravishda o‘z saviyasini bir xil tarzda ushlab tura olgan Vaniyev o‘z jamoasining rostmanasiga afsonasiga aylana oldi.
Manba: fcmashal.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing