Ertaga rasman futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start beriladi. Joriy yilda ham yana “Paxtakor”ning yaqqol favorit ekanligi ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘tgan yili uchta sovrinni qo‘lga kiritgan “Sherlar”ning bu yil ham o‘zi qatnashadigan musobaqalarda g‘olib chiqishini taxmin qilayotganlar ko‘p.
Qiziq, bu yil chempionatimizda “Paxtakor”ga raqobat ko‘rsata oladigan klublarimiz bormi? Yangi mavsum arafasida “Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov bilan o‘zaro suhbatimiz jarayonida u mazkur savolga javob berar ekan shunday dedi:
- Men mavsumning qiziqarli kechishini kutyapman. Chempionlik uchun kurashda favoritlar qatorida “Paxtakor”dan tashqari “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” hamda AGMK jamoalarini ko‘rsatgan bo‘lardim, - dedi Andrey Sergeyevich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi