UFC ning yengil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedov Konor MakGregor bilan revansh jangi haqida gapirdi.
" Insonlar birinchi jangning davomini kutishmoqda. Drama ko‘rishni xohlashadi. Ulardan kim g‘alaba qozonadi deb so‘rasangiz, 99 % muxlislar dastlabki jangdagi holat takrorlanadi deb javob beradi. Odamlar yana tartibsizlikni ya’ni Big Drama Show ni istashadi. Shuning uchun ham Konor bilan revansh jangi bo‘lishini xohlashmoqda.
Ikkinchi jang juda yaxshi mablag‘ keltirardi va ajoyib drama bo‘lardi. Biroq Konor jiddiy chempionlik jangi uchun yaramaydi.
To‘g‘ri, MakGregor juda yaxshi da’vogarlar ustidan g‘alaba qozongan, endi esa so‘ngi 10 ta jangidan uchtasida g‘olib chiqqan raqibni nokautga uchratsa, barcha uning qaytganini e’tirof etishmoqda. Yo‘q, u avval Jastin Getjiga o‘xshagan jiddiy raqiblar bilan jang qilib ko‘rsin.
U vaznini kamaytirib, yengil toifaga o‘tsin. Men Konor aynan Getjidan qochmoqda deb o‘ylayotganim yo‘q. Umuman olganda u har qanday qiyin janglardan qochadi", - dedi Nurmagomedov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi