17:13 / 27.02.2020
2 893

OFK o‘zbekistonlik futbolchini 2 oyga diskvalifikatsiya qildi

OFK o‘zbekistonlik futbolchini 2 oyga diskvalifikatsiya qildi
O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev o‘zining Telergamdagi kanalida OFK tartib intizom qo‘mitasining qarorlari haqida ma’lumot berdi.
"Osiyo futbol konfederatsiyasi intizom qo‘mitasining qarorlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 30dan ortiq ishlar ko‘rib chiqilgan. Ularning biri O‘zbekistonga bog‘liq.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Odilbek Abdumajidov Saudiya Arabistoniga qarshi Osiyo chempionati saralash o‘yinidagi chetlatilishi uchun 2 oyga - 24 fevraldan 23 aprelgacha diskvalifikatsiya qilindi va 2000 dollar jarimaga tortildi. Bu diskvalifikatsiya futbol bilan shug‘illanishni cheklamaydi. Abdumajid ushbu muddat ichida futbol o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

Boshqa qarorlar orasidan Laos terma jamoasi ikki futbolchisi bir umrga chetlatilganini alohida ko‘rsatish mumkin. Bu ikki o‘yinchi kelishilgan o‘yin tashkillashtirishda (2017 yilning 5 oktabrida Gonkong - Laos) aybdor deb topildi. Yana bir futbolchi ham vaqtincha diskvalifikatsiya qilindi. Hozircha uning o‘sha o‘yinga aloqadorligiga to‘liq aniqlik kiritilmadi.

Bundan tashqari, OFK Chempionlar ligasi-2019 musobaqasida ishtirok etish maqsadida noto‘g‘ri berilgan litsenziyalar uchun 120 000 dollarga jarimaga tortildi" - deb yozadi Alisher Nikimbayev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U19 hamda Saudiya Arabistoni U19 terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda mushtlashuv sodir bo‘lgan edi.

Manba: t.me/ANikimbaev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK o‘zbekistonlik futbolchini 2 oyga diskvalifikatsiya qildi