"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov tez orada RPLni tark etishni maqsad qilgan.
Bu haqida hamyurtimiz mijozi hisoblanadigan "ProSportsManagement" kompaniyasi rahbari German Tkachenko Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashriga ma’lum qildi.
"Bizning maqsadimiz — jamoa muxlislarini xafa qilmagan holda yozda "Rostov"ni tark etish. Aytish lozimki, Rossiya chempionatidan tushadigan hech qanday takliflarni ko‘rib chiqmaymiz. Biz g‘arbga bormoqchimiz. Bugungi kunda Yevropadan aniq taklif bor.
Qishda ham bir nechta takliflar bo‘lgandi, ammo "Rostov" rahbariyati ularni e’tiborsiz qoldirishni ma’qul ko‘rdi. Rahbariyat qarorini hurmat qilamiz, ularda qishda Shomurodov borasida tushadigan takliflarni ko‘rib chiqmaslik huquqi bor edi.
Yozda esa hammasi boshqacha bo‘ladi. Biz kuchli ligalarda o‘ynashni xohlaymiz. To‘g‘ri, qarorni klub rahbariyati hal qiladi. Ammo biz ular bilan transferga adolatli narx belgilash borasida kelishib olganmiz. Buni keyinroq birgalikda muhokama qilamiz", — dedi Tkachenko "SE" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yanvarda "Rostov" bilan shartnomasini yana 5 yilga uzaytirgandi. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, hamyurtimizning ayni damdagi transfer bahosi 6,5 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi