
“Mash’al” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar katta murabbyiDilyaver Vaniyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:
“Birinchi navbatda futbol muxlislarini yangi mavsum bilan tabriklayman. Hozir barcha jamoamizni g‘alaba bilan tabriklamoqda, ammo men natijadan qoniqish hosil qildim. Biroq o‘yin borasida bunday deya olmayman. Boisi, muvaffaqiyatsizliklar ham bo‘ldi, raqibda ham imkoniyatlar bo‘ldi. To‘g‘risi, hisob 3:0 bo‘lishini kutmagan edim.
Kelgusi tur Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boramiz va ochko olishga, u yerda ham bugungidek futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz”, – deya Vaniyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar