22:09 / 29.02.2020
2 472

Mirjalol Qosimov: "Hisobni ochgandan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilish kerak"

Mirjalol Qosimov: "Hisobni ochgandan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilish kerak"
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan AGMK - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Avvalambor 2020 yilgi O‘zbekiston chempionatining boshlangani bilan tabriklayman. "Metallurg"ga qarshi qiyin o‘yin bo‘ldi, menimcha uchrashuv avvalida yomon taassurot qoldirmadik. Bir nechta vaziyatlar bo‘ldi va gol urdik. "Metallurg" qarshi hujumda to‘p kiritib hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymda hech qaysi jamoa yutqazishni xohlamadi, jangovor o‘yin bo‘ldi. Birinchi o‘yinda qandaydir hayajon ham bo‘ldi. O‘z uyimizda g‘alaba qozonishimiz kerak edi, biroq haqli ravishda durang qayd etildi.

Hisobni ochganimizdan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilish kerak. Futbolda ozgina xotirjamlikka berilsang bu katta xato bo‘ladi. Futbol mana shunisi bilan qiziq.

Maydonga tushgandan keyin gol urishga harakat qilinadi, ammo raqib haqida ham unutib qo‘ymaslik kerak. 120 daqiqa davomida umuman gol urilmasligi mumkin. Albatta g‘alaba qozonishni istaymiz, ammo doim ham o‘ylaganingiz amalga oshavermaydi.

Bir qator futbolchilar kichik jarohatlar olishdi. Futbol to‘qnashuvlarga boy sport turi. Ertaga ular tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi va jarohatlari qanchalik jiddiy ekanini bilamiz", - deydi Mirjalol Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Hisobni ochgandan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilish kerak"