10:12 / 02.03.2020
2 271

Seten "Real"ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin: "Bundan fojia yasash kerak emas"

Seten "Real"ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin: "Bundan fojia yasash kerak emas"
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten "Real"ga (0:2) qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynadik, ular esa ikkinchi bo‘limda. Tanaffusdan keyin o‘yin yomon boshlanmagan edi, keyin pas uzatishda noaniqliklar ko‘zga tashlana boshladi. "Real"ni ushbu g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak. Raqibning jiddiy bosimi ishlarimizni qiyinlashtirdi.

Messi – juda muhim o‘yinchi. Ammo bir kishiga suyanib qolmasligimiz kerak. Bugun u yolg‘izlanib qoldi va bir o‘zi g‘alaba qozona olmadi.
Mag‘lubiyatdan fojia yasash kerak emas. Hali hammasi oldinda, vaziyatni o‘nglash uchun bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ladi
", – dedi Seten.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Seten "Real"ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin: "Bundan fojia yasash kerak emas"