09:26 / 04.03.2020
4 621

Millatlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Millatlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi
Kecha Amsterdamda Millatlar ligasining 2020-21 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Ko‘​hna qit’​a terma jamoalari uchun o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘rnini egallagan hamda jamoalarga o‘z darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan raqib bilan o‘ynash imkonini beruvchi mazkur musobaqa ikkinchi bor o‘tkaziladi.

Navbatdagi musobaqa 2022 yilgi Jahon Chempionatining saralash bosqichi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, terma jamoalarga final bosqichiga chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat taqdim qiladi.

Musobaqada Yevropaning 55 jamoasi ishtirok etadi. UYEFA Millatlar Ligasi ilk mavsumidan keyin 2020/21 yilgi musobaqani yangi fortmatda o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan edi. Unga ko‘​ra endilikda «A», «B» hamda «C» Ligalarida 16 tadan jamoa qatnashsa, «D» Ligasida 7 ta jamoa o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi Portugaliya terma jamoasi hisoblanadi.
2020/21 yilgi Millatlar Ligasi guruh bosqichi qur’a natijalari bilan tanishing.

A ligasi
1-guruh: Polsha, Bosniya va Gersegovina, Italiya, Niderlandiya
2-guruh: Islandiya, Daniya, Belgiya, Angliya
3-guruh: Xorvatiya, Shvetsiya, Fransiya, Portugaliya
4-guruh: Germaniya, Ukraina, Ispaniya, Shveysariya

V ligasi
1-guruh: Ruminiya, Shimoliy Irlandiya, Norvegiya, Avstriya
2-guruh: Isroil, Slovakiya, Shotlandiya, Chexiya
3-guruh: Rossiya, Vengriya, Turkiya, Serbiya
4-guruh: Bolgariya, Irlandiya, Finlyandiya, Uels

C ligasi
1-guruh: Ozarboyjon, Luksemburg, Kipr, Chernogoriya
2-guruh: Armeniya, Estoniya, Shimoliy Makedoniya, Gruziya
3-guruh: Moldova, Sloveniya, Kosovo, Gretsiya
4-guruh: Qozoqiston, Litva, Belarus, Albaniya

D ligasi
1-guruh: Malta, Andorra, Farerskiye ostrova, Latviya
2-guruh: San-Marino, Gibraltar, Lixtenshteyn

UYEFA Millatlar Ligasi o‘yinlari taqvimi:
1-tur: 3—5 sentabr 2020 yil
2-tur: 6—8 sentabr 2020 yil
3-tur: 8—10 oktabr 2020 yil
4-tur: 11—13 oktabr 2020 yil
5-tur: 12—14 noyabr 2020 yil
6-tur: 15—17 noyabr 2020 yil
Final bosqichi: 2, 3 va 6 iyun 2021 yil
O‘tish o‘yinlari: 24, 25, 28 va 29 mart 2022 yil

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi