Iordaniya poytaxti Amman shahrida davom etayotgan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirda hamyurtimiz Tursunoy Rahimova (-51 kg) janubiy koreyalik Junx Juxyonga qarshi chorak final bosqichi yo‘lida o‘z jangini o‘tkazdi.
Mazkur vazn toifasida qolganlarga nisbatan ko‘proq yo‘llanma o‘ynaladi. Ya’ni, oltilikdan o‘rin olgan bokschilar litsenziyani qo‘lga kiritadi.
Jangning birinchi raundi tezkor zarbalar almashinuvi bilan boshlandi. Vakilamiz chap qo‘lida bir qator aniq zarbalar yo‘llay oldi. Umuman olganda, ushbu raundda yurtdoshimiz ajoyib harakat qildi.
Ikkinchi raundda biroz klinch holatlari ko‘proq bo‘lganligi bilan yodda qoldi. Lekin Tursunoy raqibini aniq zarbalar bilan kutib olishga harakat qildi va bu qaysidir ma’noda o‘zini oqladi, deb ayta olamiz.
Uchinchi raundda janubiy koreyalik bokschi oldinga tashlandi va birinchi raqamda harakat qildi.
Albatta, ikki raundda imkoniyatni boy berganligi ham bunday harakat qilishga undadi. Biroq, yurtdoshimiz qarshi zarbalarda yaxshi harakat qildi. Uslubidagi rang-baranglik vakilamizga qo‘l keldi va u ushbu to‘qnashuvda chiroyli g‘alabaga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi