
Superligasi ikkinchi turidan o‘rin olgan “Sug‘diyona” va AGMK jamoalari o‘rtasidagi bahs murosasiz ruhda o‘tdi.
Keskin kurashlarga boy tarzda yakunlangan bahsdan so‘ng jizzaxliklar murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
“To‘g‘risini aytsam, yengil shokdaman. Birinchi turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba uchun harakat qilgandik. Qiyin o‘yin o‘tkazdik. Gol urdik, hammasi yaxshi bo‘ldi. Ammo, oxirgi daqiqalardagi xato qimmatga tushdi. Yigitlarni olqishlamoqchiman, kurash va ishtiyoq uchun. Ishlashda davom etamiz.
Sahob Rashidovni asosiy tarkibda sinab ko‘rish vaqti keldimi? Albatta, yoshlar bilan shug‘ullanamiz, ishlaymiz. Faqat, Sahob emas, boshqa futbolchilarga ham e’tibor beramiz. U gol urayotgani quvonarli. Keyingi o‘yinlarda imkoniyat beramiz.
Dastlabki turdagi mag‘lubiyatdan keyin ruhiy tomonlama muammo bo‘lyapti. Maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi”,- dedi Baqoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar