Iordaniyadagi boks bo‘yicha litsenzion turnirda Fanat Qahramonov (-75 kg) ham ringga ko‘tarildi. U mubolag‘a bo‘lmasa, turnirning mazkur vazn toifasidagi eng kuchlisi qozog‘istonlik Abilxan Amankul bilan chorak finalda to‘qnash keldi.
Bu vaznda Tokio Olimpiadasi uchun 5 ta yo‘llanma o‘ynaladi. Mazkur jangda g‘alaba qozongan bokschi yarim finalga yo‘l olish barobarida Tokio Olimpidasiga litsenziyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritsa, mag‘lub bo‘lgani 5-yo‘llanma uchun o‘tish bosqichida ishtirok etardi.
Jangning birini raundi himoyaviy tarzda yaqin masofadan olib borildi. Har ikkisida ham bir qator aniq zarbalar yo‘llashdi. Biroq qozog‘istonlik bokschida bunday zarbalar nisbatan ko‘proq bo‘ldi.
Ikkinchi va uchinchi raundda ham ajoyib jang bo‘ldi. Yakunda, afsuski yurtdoshimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yarim final ostonasida to‘xtadi. Lekin unda imkoniyat bor. Chunki 5-yo‘llanma uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»