16:32 / 09.03.2020
2 779

Shahobiddin Zoirov ham Olimpiadaga boradi

Shahobiddin Zoirov ham Olimpiadaga boradi
To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha litsenzion turnir o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.

Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkazilayotgan, Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun yo‘llanma beruvchi mazkur musobaqada bugun chorak final bahslari davom ettirilmoqda. Ahamiyatli tomoni shundaki, bugun yana bir hamyurtimiz -52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan charm qo‘lqop ustasi Shahobiddin Zoirov kvalifikatsion turnirning chorak final bahsida eronlik raqibi Omid Ahmadisafa ustidan g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz uch raund davomida to‘liq ustunlikni o‘zida saqlab qolgan holda eronlik bokschini 5:0 hisobida taslim eta oldi.
Amaldagi Olimpiya va Jahon chempioni hisoblanmish Zoirov endi ushbu turnirning yarim finalida tailandlik Thitisan Panmot bilan jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan bir qator janglar natijasiga ko‘ra, 3 nafar bokschimiz Olimpiada yo‘llanmalarini naqd qilishgan edi. Ular +91 kg vaznda Bahodir Jalolov, -91 kg vaznda Sanjar Tursunov va -69 kg vaznda Bobousmon Baturovlar Tokio uchun chipta sohibiga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov ham Olimpiadaga boradi