“Betis” bosh murabbiyi Rubi La Liga 27-turi doirasida jamoasining peshqadam “Real” (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida gapirdi.
“Bu g‘alaba “Betis” va men uchun uch ochkodan ham qadrliroqdir. Chunki so‘nggi paytlarda biz chempionatda yaxshi ishtirok eta olmayotgandik. Qolaversa, chempionat yetakchisini har kuni ham mag‘lub etavermaysan. Bugun omadli kun, jamoa shunga loyiq.
O‘yin oxirida biz sabrli bo‘ldik, qolaversa natija ham adolatli bo‘ldi. “Betis” bundanda ko‘prog‘iga loyiq, ammo yaqindagina o‘tkazgan bir qator o‘yinlarda shunchaki omadimiz kelmagandi. Shunday kunlar bo‘ladiki, o‘yinda qilingan o‘zgarish foyda beradi yoki aksincha. Bu murabbiyga bog‘liq holat emas.
Biz “Real”ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdik, barcha rejalarimiz ish berdi. G‘alaba keyingi haftada “Sevilya”ga qarshi o‘tadigan derbiga xush kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rish imkonini berdi. Derbida kuchli raqibga qarshi og‘ir “jang” kechishini bilamiz", - deydi “Betis” bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mag‘lubiyatdan keyin “Real” 56 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘ringa tushib qoldi, “Barselona” esa “Sosedad”ni taslim etib (1:0), 58 ochko bilan birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»