uperliga qatnashchisi Namanganning “Navbahor” jamoasi bugun o‘z maydonida sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Andrey Kanchelskis boshqaruvidagi “lochinlar” vodiy derbisi oldidan PRO-Liga vakili “Istiqlol” bilan kuch sinashdi.
Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan bahsda bosh murabbiy asosan kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarga imkoniyat berdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida mezbonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. “Navbahor”ning rossiyalik 26 yoshli legioneri Ruslan Bolov yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib, mehmonlar posboni Xurshid Xodjayevni dog‘da qoldirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida “Istiqlol” futbolchilari kambek qildi.
Dastlab qanot yarim himoyachisi Rustam Abduhamidov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, keyinchalik “Navbahor”ning sobiq hujumchisi Mo‘ydin Mamazulunov ham muvaffaqiyat qozondi. Shu tariqa qiziqarli kechgan norasmiy derbisida farg‘onaliklar irodali g‘alabaga erishdi. Darvoqe, “Istiqlol” bosh murabbiyi Sergey Lebedev darvozabonlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish maqsadida bungacha asosan Superliga klublarida o‘ynab kelgan tajribali posbon Xurshid Xodjayevni jamoaga taklif etgan.
“Navbahor” tarkibiga esa yaqinda Samarqandning “Dinamo” jamoasidan Mirkomil Loqayev kelib qo‘shilganini ko‘rish mumkin.
“Navbahor” – “Istiqlol” 1:2.
Gollar: Ruslan Bolov, 10 – 1:0. Rustam Abduhamidov, 86 – 1:1. Mo‘ydin Mamazulunov, 90 – 1:2.
“Navbahor”: 23. Dilshod Hamroyev, 2. Mirkomil Lokayev, 5. G‘iyosjon Komilov, 8. Javlon Ibrohimov, 18. Sardor Telyakov, 20. Amirbek Jo‘raboyev, 33. Tohir Shamsitdinov, 70. Mirzohid Mirzamahmudov, 72. Pavel Golishev, 88. Ruslan Bolov, 94. Anvarjon Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 4. Shahzodbek Hamidov, 6. Sodiqjon Ortiqov, 77. Husayn Ergashboyev.
“Istiqlol”: 46. Xurshid Xodjayev, 5. Abduxoliq Qurbonov, 7. Umid Qodirov, 8 Sardor Sotvoldiyev, 14. Rustam Abduhamidov, 19. Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 20 Ulug‘bek Xudoyberdiyev, 44. Xushnud Bozorov, 78. Umar Adhamzoda, 99. Timur Mamatmurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nodir Ashurmatov, Ahror O‘ktamov, Mo‘ydin Mamazulumov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin