date
views 3 318

O‘zbekiston Tokio Olimpiadasiga 7 ta bokschi bilan boradi

O‘zbekiston Tokio Olimpiadasiga 7 ta bokschi bilan boradi
Iordaniyaning Oman shahrida boks bo‘yicha litsenzion turnirning final janglari yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik bokschilardan uch nafari – Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov oltin medal uchun ringga ko‘tarilishdi.

Mirazizbek Mirzaxalilov (57 kg) mezbon bokschi – iordaniyalik Muhammad Alvadiga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida ustun keldi va musobaqaning g‘olibiga aylandi.

Elnur Abduraimov (63 kg) final jangini qozog‘istonlik Zokir Safiullinga qarshi o‘tkazib, keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan turnirning eng yorqin janglaridan birida 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Oltin medal uchun kechgan so‘nggi bahsda Bahodir Jalolov (+91 kg) avstraliyalik Yustis Xunini 5:0 hisobida mag‘lub etib, terma jamoaga 3-oltin medalni taqdim etdi.

Shu tariqa turnir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston boks terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, Tokio Olimpiadasi uchun esa 7ta yo‘llanmaga ega chiqdi. Bular – Mirazizbek Mirzaxalilov (oltin), Elnur Abduraimov (oltin), Bahodir Jalolov (oltin), Shahobiddin Zoirov (bronza), Bobousmon Baturov (bronza), Sanjar Tursunov (bronza) va Tursunoy Rahimova.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Tokio Olimpiadasiga 7 ta bokschi bilan boradi
-->