Coca Cola Superligasi 3-turida "Bunyodkor" mag‘lub etilganidan keyin AGMK ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bugun bir-biriga munosib bo‘lgan ikki jamoa harakat qildi. Qiziqarli, shiddatli va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi deya olaman. Albatta, bundan muxlislar yutdi deb o‘ylayman va fursatdan foydalanib, ularga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarning shunday qo‘llab-quvvatlab turishini inobatga olib, futbolchilarimga yuqori kayfiyatda o‘ynash kerakligini aytgandim. Haqiqatdan ham, birinchi va ikkinchi turlarda ilk daqiqalardan bunday o‘yin ko‘rsata olmagandik.
Hozir hamma futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Texnik, jismoniy tayyorgarlik ham ba’zida ikkinchi planga tushib, ishtiyoq va shijoat uning o‘rnini egallamoqda. Yutganimizdan xursandman, endi keyingi o‘yinlarda ham shunday harakat qilishimiz kerak.
- Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Hojimat Erkinov o‘zini oqladi va gol urdi. U haqida nima deya olasiz?
- Maydonga tushgan barcha futbolchilarning o‘ziga belgilangan vazifalari bor edi. Hojimat ham o‘yinga tushdi va jamoaning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
- Elguja Grigalashvili hamda Mate Vadsadzening jarohati haqida nima deya olasiz?
- Vatsadze Jizzaxda tizzasidan jarohat olgan. U yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarga tayyor bo‘la olmaydi. Elguja esa shamollab qoldi va 1 hafta uyida bo‘ldi. Unga tuzalib olishi uchun vaqt kerak. Har doim futbolchining sog‘ligi birinchi o‘rinda turadi. O‘yin esa juda ko‘p bo‘ladi. Uning jismoniy holatini yaxshilab, keyingi o‘yinlarga tayyorlaymiz va u jamoaga yordam beradi degan umiddaman.
- Koronavirus tufayli ko‘plab chempionatlar qoldirilmoqda. Balki xavfsizlik yuzasidan bizning chempionatni ham qoldirish kerakdir...
- Hozir menda bu borada statistika yo‘q. Agarda, vaziyat taqozo qilsa, buni amalga oshirish kerak. Zero bunday pallada futbol 2-o‘ringa tushadi. Asosiysi sog‘liq, buni hurmat qilish kerak.
- Sizning ajoyib prinsipingiz bor. Sobiq jamoangizga qarshi o‘yinlarda o‘sha jamoadan o‘tgan futbolchilarni asosiy tarkibda tushirasiz. Bugun masalan Toshmatov sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
- Men bunday demagan bo‘lardim. Murod ham Hojimatga o‘xshab, o‘z vazifasini bajardi. Futbolchilar gollarga chanqoq bo‘lishi kerak.Chunki gol urmasang, yutmaysan. Sanjarda ham vaziyat bo‘ldi, lekin foydalana olmadi. Futbolda baribir kimdir gol urishi kerak-ku. Buni atayin shunday bo‘ldi deya olmayman. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»