18:04 / 14.03.2020
2 411

Superliga. "Qo‘qon-1912" "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Qo‘qon-1912" "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 3-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Sardorbek Azimov hamda Filipp Rayevatslar tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Shoxruz Norxonov bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa qo‘qonliklar hisobidagi ochkolar soni 6 taga yetdi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 1 ochkosi bor jizzaxliklar esa 12-pog‘onadan joy olgan.

"Qo‘qon-1912" – "So‘g‘diyona" 2:1
Gollar:
Sardor Azimov 17, - 1:0. Filip Rayevas 45+3, - 2:0 (Murod Xolmuhammedov). Shohruz Norxonov 58 penalti, - 2:1.

"Qo‘qon-1912": Botirali Ergashev, Bobirjon Akbarov, Shoxnazar Norbekov (Iqboljon Malikjonov, 68), Suhrob Berdiyev, Quvondiq Ro‘ziyev, Sardorbek Azimov (Hamidullo Abduhamidov, 88), Oybek Rustamov, Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Filip Rayevas (Yakuba Bamba, 75), Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: Muzaffar Abdullayev, Sobit Sindarov, Suhrob Nurulloyev, Otabek Haydarov, Avazxon Mamatxo‘jayev, Muhammadanas Hasanov.

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar Shoyqulov, 4.Elyor Orifov, 7.Sanjar Rashidov (2.Sardor Qulmatov, 46), 8.Jamshid Boltaboyev (19.Javohir Qahramonov, 46), 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov (21.Sahob Rashidov, 68), 12.San’at Shixov, 17.Ivan Nagayev, 18.Shavkat Mullajonov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 5.Ayubxon Nomanov, 9.Oybek Nurmatov, 20.Bahodir Nasimov, 22.Shahboz Jo‘rabekov, 30.Dian Talxatov.

Ogohlantirishlar: Jamshid Boltaboyev 13, Sanjar Rashidov 32, Marko Kolakovich 55, Iskandar Shoyqulov 65, Milan Mitrovich 90.
Chetlatish: Shavkat Mullajonov 72.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Qo‘qon-1912" "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi