Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar katta murabbiyi Akmal Xoliqov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Dastlabki ikki turda o‘z maydonimizda ikki marta mag‘lub bo‘lgandik. Uchinchi mag‘lubiyatni muxlislarimiz kechirishmasdi. O‘yin og‘ir bo‘lishini bilardik.
"Mash’al" ham o‘tgan turda mag‘lub bo‘lgandi, shu bois o‘z uyida borini berib o‘ynadi. Jangovor o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Uzoqdan kelib bizni qo‘llab turgan muxlislarga rahmat aytaman.
Bugungi o‘yinga rejamiz himoyaviy qarshi hujumda o‘ynash edi. Besh kun davomida shu ustida ishladik. Tanlagan taktikamiz ish berdi. G‘alabaga teng durangga erishdik. Gol urgandan keyin yigitlar bo‘shashib qolishdi va tezda gol o‘tkazib yubordik.
Bugungi o‘yinga kim tayyorladi? Bosh murabbiyning sog‘ligida muammo bor. Shifokorlar unga zaxirada o‘tirishga ruxsat berishmadi. Shu bois jamoani bugungi bahsga murabbiylar shtabi tayyorladi", - deydi Akmal Xoliqov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar