13:10 / 15.03.2020
2 260

Ravshan Ermatov UYEFA vakili bilan uchrashdi. Bu qanday samara beradi?

Ravshan Ermatov UYEFA vakili bilan uchrashdi. Bu qanday samara beradi?
Bugungi kunda futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda 9-13 mart kunlari UYEFA delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida delegatsiya vakillari O‘FA va PFL faoliyati bilan yaqindan tanishib, bolalar futboli, assotsatsiya strukturasi, futboldagi marketing xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Kuni kecha «Hilton» mehmonxonasida tashrif yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari va O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, UYEFA xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Yeva Paske jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

«Bizning shiorimiz: «Siz harakat qilsangiz, UYEFA ham sizga yordam beradi». Biz Tanzaniya va Karib Orollari kabi futboli rivojlanmagan mamlakatlarga yaqindan yordam berganmiz. Boshqa davlatlar futbolga u qadar e’tibor berishmaydi, hukumatingizning futbolga qaratayotgan e’tibori bizni mamnun qildi, biz O‘zbekiston futboli bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz», — dedi Yeva Paske. Bundan tashqari Yeva xonim UYEFA O‘zbekiston milliy jamoalariga Yevropa jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishga yordamlashishini ham aytib o‘tdi.

Ravshan Ermatov futbolimizdagi kamchiliklarga quyidagicha to‘xtalib o‘tar ekan, bizning birinchi galdagi vazifamiz bolalar va ayollar futbolini yangi bosqichga olib chiqish. Kamchiliklarni bartaraf etar ekanmiz 3 muhim narsaga e’tiborimizni qaratishimiz lozim:

1. Futbol maydonlarining infratuzilmasini yaxshilash;
2. Bolalar futbolini sifatli to‘plar bilan ta’minlash;
3. Murabbiylar o‘qitish tizimini yangilash.

Shuningdek, translyatsiyalar sifatini yaxshilash, stadionlarga muxlislar tashrifini oshirish asosiy masalalardan biri. Futbolning 99%ni muxlislar tashkil etadi, muxlislarsiz bizning qilayotgan har bir harakatimiz bekor, biz muxlislar uchun ishlaymiz. 2021 yilda translyatsiyalarni HD formatga o‘tkazish, O‘zbekistonga VAR tizimini olib kelishni rejalashtirganmiz, – dedi O‘FA vitse-prezidenti.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov UYEFA vakili bilan uchrashdi. Bu qanday samara beradi?