O‘zbekiston Superligasining 3-turida "Andijon" klubi o‘z uyida "Navbahor"ni qabul qildi va bellashuv nursiz durang bilan yakuniga yetdi.
Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar ustozi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Derbi bu derbi. Raqibimiz jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani bilindi va biz ham tayyorlangandik. Doimo derbilar qiyin bo‘lgan. Gol urishimiz ham mumkin edi, o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Asosiysi muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Ochkolar kerak edi, barchaga ochko kerak. Bugun 2 ochko yo‘qotdik. Agar gol urib olganimizda, barchasi boshqacha bo‘lar edi. Birinchi navbatda yigitlarga xohishi, ma’suliyati va kurashishganligi uchun rahmat aytaman. Shu o‘rinda, tashrif buyurib, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga ham alohida minnatdorchilik bildiraman. Haqiqatdan ham ular bizga katta kuch berishadi va bizning haqiqiy 12-o‘yinchimiz hisoblanishadi.
Men 2 ochko yo‘qotilgan o‘yinlarning natijasidan norozi bo‘laman. Biz g‘alabaga tayyorgarlik ko‘rgandik, ammo qaytarib aytaman bu derbi! Men o‘zimning dastlabki derbiyimni yodga olsam, bu shotland derbisi bo‘lgan va unda qo‘llarini sindirib olishgandi.
Matbuotdan, rahbariyatdan umuman barchadan qanday bosim bo‘lishini yaxshi bilib turamiz. Bunday vaziyatlarda, biror-bir futbolchi psixologik tomondan sinib qolishi ham mumkin. Shunday jihatlarni hisobga olsak, natijadan xursand emasman, ammo yigitlardan mamnunman.
Ayrim futbolchilarda derbining bosimidan biroz dovdirash, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi ko‘rindi. Bu dastlabki bo‘limda yaqqol ko‘zga tashlandi, ammo ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zini qo‘lga olishdi va vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi. Bunga asosan, matbuot, gazetalar, suhbatlarning derbi, derbi, derbi degan bosimi sabab bo‘ldi deb o‘ylayman.
Koronavirus haqida nima deyish mumkin? Albatta, muxlislarsiz maydonlarda maydonga tushish yoqimsiz. Baribir, birinchi o‘rinda inson sog‘lig‘i turadi. Yaxshisi keling, ertanga qanday qaror qabul qilishligini kutamiz.
Ha, men Andijonda ilk bor bo‘lishim va bu yer menga yoqdi. Stadion, mehmonxona umuman barchasi a’lo darajada, Agar maydonga yana biroz yaxshiroq qarashganida nur ustiga a’lo nur bo‘lardi." - dedi Kanchelskis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar