
Foto: Inquam Photos/Octav Ganea via REUTERS
UYEFA 2020 yilgi Yevropa chempionatini 2021 yilda o‘tkazishga qaror qildi. Musobaqa kelasi yil 11 iyundan 11 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Tarixda ilk marta qit’a birinchiligi o‘tkazilishi muddati ko‘chirildi. Musobaqa shu yilning 12 iyunidan 12 iyuligacha bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Bu yilgi Yevropa chempionatini Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Dublin, Kopenhagen, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Amsterdam shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Xitoyda boshlangan koronavirus epidemiyasi qisqa vaqt ichida dunyoning 130dan ortiq davlatlariga tarqaldi va pandemiya deb e’lon qilindi.
Natijada bu yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘plab sport tadbirlari bekor qilindi.
Yevropa ChempionatiMusobaqa 2021Sankt-PeterburgLondonKoronavirus EpidemiyasiSport Tadbirlarida Bekor O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar