O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev o‘zining Telergamdagi kanalida OFKning OCHL G‘arbiy Osiyo mintaqasidagi o‘yinlar uchun chiqargan qarorini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, uch hafta oldin Doha (Qatar, Eron va Iroq) va Dubay (BAA va Saudiya Arabistoni)da futbol federatsiyalarining vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tgandi. Unda uchta variant taklif etilib, ulardan eng noqulayi o‘yinlarni iyul oyi oxirigacha qoldirib, ularni markazlashgan turnir tamoyili bo‘yicha o‘tkazish edi.
Bu variant Tokio Olimpiadasida ishtirok etishi kerak bo‘lgan Saudiya Arabistoniga yoqmadi. Endi bu imkoniyat mavjud emas, eng noqulay variant eng maqbuliga aylandi.
OFK Osiyoning g‘arbiy mintaqasidagi mamlakatlarga Chempionlar Ligasi o‘yinlarini faqat avgustda tiklanishini va sayohatsiz o‘tkazilishini rasman ma’lum qildi.
Bu nimani anglatadi? Endi OFK musobaqalar qo‘mitasi har bir guruh uchun mamlakatni tanlashi kerak va bu uchun arizalar qabul qilinishini kutadi. Masalan, Qatar ikkita guruh uchun raqobat qiladi, ammo yakuniy qarorni OFK qabul qiladi. O‘FA ham shu o‘rinda o‘z arizasini yuborishi kerak.
O‘zbekiston ham bitta guruh o‘yinlarini qabul qilishga urinishi mumkin ("Paxtakor" ishtirok etadigan guruh o‘yinlarini). Shu bilan birga bu yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati uchun sinov bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar