08:30 / 01.04.2020
2 858

Odil Ahmedovni Xitoyga yetib borganligi va o‘quvchilarga murojaati

Odil Ahmedovni Xitoyga yetib borganligi va o‘quvchilarga murojaati
Xabar berib o‘tganimizdek, Odil Ahmedov tez orada boshlanishi kutilayotgan Xitoy Superligasida ishtirokini davom ettirish uchun chin yurtiga uchib ketgan.
Odil Ahmedov aynan koronavirus kasalligi boshlanganida Xitoydan ketishga majbur bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, bu epidemiya butun dunyoni qamrab olgan bir paytda, u Xitoyda deyarli tugadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori bu haqda nima deydi?

Karantin haqida
Biz aynan shu kasallik tufayli chempionatni to‘xtatishga majbur bo‘lgan edik. Xitoyda barcha narsalar to‘xtadi. Yakunda legionerlarga javob berildi. Orada BAAda mashg‘ulot o‘tdik. Shundan keyin men O‘zbekistonda bo‘ldim. Ammo yakka tartibda mashg‘ulot qilishda davom etdim.

Ayni paytda uyda karantindaman
Xitoyga kelganimga ko‘p bo‘lmadi, bilasiz, boshqa yurt vakillari uchun eshiklar yopildi. Xalk va Oskar ham kecha so‘nggi reysga ulgurishdi. Men esa individual mashg‘ulot qilgan holda, uyda karantindaman. Bu borada bosh murabbiyimiz maxsus topshiriq bergan. Kundalik mashg‘ulotlar, yakka tartibda bo‘lsa-da davom etyapti. Xitoy chempionatiga aprel oyi so‘nggida yoki may oyi boshlarida start berilishi kutilyapti.

Futbolsiz hayot...
Eng avvalo sog‘liq. Futbolsiz qiyin, ammo barchamiz sog‘ omon bo‘lsakkina ko‘ngilga futbol sig‘adi. Shunday ekan barcha e’tiborni karantin shartlariga qaratishimiz kerak.

Xitoyda boshlangan kasallik, bugun O‘zbekistonda
Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Xitoyda hukumat rahbarlari bergan topshiriqlarni 1.5 mlrd xalqqa ega yurt yo‘q demay bajardi. Bu kasallikka eng yaxshi davo, bu uyda o‘tirish. Hozir O‘zbekistonda ham shu chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yildi. Bunga shubhasiz amal qilish kerak. Agar ertaga ham ota-onamiz yonimizda bo‘lishini istasak, ertaga ham farzandlarimiz bilan ko‘chalarni aylanishni istasak, bugun uyda o‘tiraylik. Meni oilam ham uyda o‘tiribdi, Siz ham O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan topshiriqlarni bajaring, sabr qilib bu kasallikni birga yengamiz!

Uyda bo‘ling!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedovni Xitoyga yetib borganligi va o‘quvchilarga murojaati