
Foto: Twitter
Belarus chempionatining 3-turida «Energetik-BGU» 5 aprel, yakshanba kuni «Minsk»ni qabul qildi.
«Talabalar» maydonida kechgan poytaxt derbisida «Energetik-BGU» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. 21-daqiqada Jasur Yaxshiboyev qanotdan jarima maydoniga yorib kirib zarba berdi, biroq uni mehmonlar darvozaboni qaytarib qoldi. Qaytgan to‘pni Aleksey Nosko yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.
70-daqiqada maydon egalari Ayk Musaxanyanning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi. Biroq «Energetik» o‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani mustahkamladi. Yaxshiboyev o‘tkir burchakdan aniq zarba yo‘llab, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa «Energetik-BGU» 3-turdan keyin yuz foizlik natija ko‘rsatgan holda musobaqa jadvalida yakka peshqadamga aylandi.
Belarus Oliy Ligasi
3-tur bahsi
5 aprel, yakshanba
«Energetik-BGU» — «Minsk» 2:0
Gollar: 1:0 — 21 Nosko, 2:0 — 90+2 Yaxshiboyev.
«Energetik-BGU»: Sadovskiy, Sokol, Shkurdyuk, Svirepa, Mavatu, Nosko, Yaxshiboyev, Girs (Yudchis, 46), Tve, Musaxanyan, Atemeng (Umarov, 75).
«Minsk»: Leonov, Zaleskiy, Prishepa (Vasilev, 77), Chagoves, Nasibulin, Shramchenko, Vasilev (Ostroux, 36), Yarotskiy, Sazonchik, Xvashinskiy, Gribovskiy.
Ogohlantirishlar: Musaxanyan (25), Sazonchik (37), Svirepa (45), Tve (48), Atemeng (66), Sadovskiy (89).
Chetlatish: Musaxanyan (70). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar