
Elsalvador.com xabariga ko‘ra, salvadorlik professional bokschi Aleksis Navidad qurollangan jinoyatchilarning hujumi qurboniga aylangan.
Fojea bir necha kun oldin Salvador poytaxtida yuz bergan. Jinoiy guruh ko‘chaning o‘rtasida o‘t ochgan, natijada Navidad jarohat olgan va kasalxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan. Otishma sababchilaridan bo‘lgan ikki jinoyatchi hibsga olinganligi xabar qilinmoqda.
22 yoshli bokschi professional ringda bitta jang o‘tkazgandi. U 2017 yilda Antonio Galeanoni mag‘lubiyatga uchratib, Janubiy Amerikadagi eng iste’dodli va istiqbolli bokschilardan biri, deya e’tirof etilayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar