O‘zbekiston professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev koronavirus sabab yuzaga kelgan tanaffus Superliga klublariga qanday ta’sir o‘tkazishi haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Koronavirus bizning klublarga moliyaviy tomondan qanday ta’sir qiladi?
Bizning ayrim klublar har yili koronavirusdan-da qiyinroq kunlarni boshidan kechiradi, ya’ni, smetasi martda ham tasdiqlanmaydi. Shundan kelib chiqsak, koronavirus ular uchun qo‘rqinchli emas.
«Navbahor»ni inobatga olmaganda, qolgan klublarning chipta savdosidan tushumi u qadar ko‘p emas. Demak, o‘yinlarning yo‘q bo‘lib qolishi ham katta iqtisodiy zarar keltirmaydi.
Bizning stadionlarga Yevropaning top stadionlarida bo‘lgani kabi har kuni minglab turistlar kelmaydi. Demak, bu boradagi tushumlar ham yo‘qolib qolmaydi.
Klublarimiz atributikalar savdosidan deyarli pul topmaydi. Bu borada ham koronavirus savdolarni to‘xtatib qo‘ymaydi.
O‘zPFL teletranslyatsiyalardan pul ishlashgacha yetib borganicha yo‘q, bunga futboldan tashqi omillar ham sababchi. Shundan kelib chiqsak, o‘yinlarning to‘xtatilishi asosan futbolchilar formasigagina ta’sir o‘tkazadi.
Klub a’zolarining o‘z maoshlarini vaqtida olmasligi koronavirusga qadar ham normal holat bo‘lgan. Shuning uchun futbolchi va murabbiylar qishni asosan PFL binosida, sobiq klubi bilan sudlashib o‘tkazadi», — deydi Imomxo‘jayev.
Shuningdek, mutasaddi koronavirus sabab klublarni ta’minlab turgan korxonalarning qiyin ahvolda qolishi jamoalarni moliyalashtirishga ta’siri haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biroq bu kasallik klublarga pul berayotgan korxonalarga ta’sir etishi mumkin. Amudaryo va Sirdaryo suvlari Orol dengiziga kamroq quyila boshlagach, oqibat nima bo‘lganini yaxshi bilasiz. Ammo bu ham vahimaga sabab bo‘lmasligi kerak. Orol ekologiyaga salbiy ta’sir etgan bo‘lsa, yuqoridagi holat futbolga ijobiy reaksiya beradi. Biz allaqachon shu yo‘ldamiz», — deya qo‘shimcha qildi PFL xodimi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasi o‘yinlari koronavirus sabab 16 mart kunidan to‘xtatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?