Koronavirus tufayli futbol uchrashuvlari may va iyun oylariga ko‘chirilgandi. Ammo o‘yinlar yana qoldirildi. Bu haqda o‘zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbayev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
- OFK may va iyun oyida rejalashtirilgan o‘yinlarni keyinroqqa qoldirganini rasman e’lon qildi. Aslida, bu borada yangi hech narsa yo‘q. Endi karantin tugashini va mamlakatlar o‘rtasidagi havo yo‘llari aloqalari tiklanishini kutamiz. Keyin xalqaro musobaqalar haqida gapirish mumkin, - dedi Nikimbayev.
Ma’lumot o‘rnida, 26 mart kuni Toshkentda o‘tishi belgilangan O‘zbekistonning Armaniston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsi hamda mundial saralashidan o‘rin olgan Yamanga qarshi 31 mart kungi bellashuv qoldirilgandi.
SPORTS.uz sayti muxbiri O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan tashkil etgan intervyusida mutaxassis Armaniston va Yaman terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarni mos ravishda iyun oyining to‘rtinchi va to‘qqizinchi kunlariga ko‘chirilganini, lekin baribir hammasi umumiy vaziyatning qanday tus olishiga bog‘liq ekanligini bildirgandi. Xalqaro sahnadagi o‘yinlarni qachondan boshlab o‘tkazishni FIFA hal etishi, shundan so‘ng OFK bu masalada bir to‘xtamga kelishi kerakligini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi