
"Rostov" klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin faoliyatini "Lokomotiv" Moskvada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 51 yoshli mutaxassis bir necha haftadan buyon “temiryo‘lchilar” bilan muzokaralar olib bormoqda. Hozircha tomonlar kelishuvga erishganicha yo‘q.
Bundan avvalroq, “Lokomotiv”ning amaldagi bosh murabbiyi Yuriy Syomin jamoa bosh direktori Vasiliy Kiknadze bilan kelisha olmayotgani sababli mavsum yakunlangach jamoada ketishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
22-turdan so‘ng “Rostov” RPL musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Lokomotiv” esa jadvalning 2-pog‘onasidan joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar