date

Maskerano: "Barselona" darvozasiga penalti bo‘lmagandi, men qoidani buzmadim"

Maskerano: "Barselona" darvozasiga penalti bo‘lmagandi, men qoidani buzmadim"

"Barselona" himoyachisi Xaver Maskerano Ispaniya kubogida "Atletiko"ga qarshi uchrashuv hakami adashganligi va kataloniyaliklar darvozasiga penalti noto‘g‘ri belgilanganini bildirdi.

"Birinchidan, bu jarima maydoni tashqarisida edi. Ikkinchidan, men qoidani buzmagan edim. Ammo men xotirjamman, bu futbol, raqib bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turadi.

Ularning birinchi daqiqadagi goliga kelsak, bu bizning xatolarimiz emas, ko‘proq Fernando Torresning xizmati bo‘ldi", - deydi Maskerano.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda "Barselona" 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Manba: stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maskerano: "Barselona" darvozasiga penalti bo‘lmagandi, men qoidani buzmadim"