Kim Te Xvan: «Server Jeparov yaxshi pul topadi, lekin ziqna»

Janubiy Koreya Key-ligasi klublari yangi mavsum tadorigini asosan Yaponiya, Xitoy, Tailand va Tayvan kabi davlatlarda ko‘rishadi. O‘tgan mavsumda key-ligada sovrinli o‘rinlardan quruq qolgan «Ulsan Xyonde» klubi ayni paytda Yaponiyaning Miyazaki shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.
Klub bir qator yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shular qatorida o‘tgan mavsum «Seongnam»da birgalikda to‘p surishgan Kim Te Xvan va Server Jeparov ham bor. «Seongnam»da jamoaning «yuragi» deya atalgan va Janubiy Koreya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Kim Te Xvan kutilmaganda «Ulsan»ga o‘tdi. U Janubiy Koreyaning «Interfutbol» nashriga quyidagilarni so‘zlab berdi:
«Seongnam» muxlislaridan minnatdorman. Ular mening qolishimni so‘rashdi. Ammo bu futbol. Unda vaziyat o‘zgarib ketishi mumkin. «Ulsan»dek nomdor klubga o‘tganimdan baxtiyorman. O‘z o‘yinlarim orqali terma jamoada to‘p surishni istayman. Hozir esa bor fikrim «Ulsan» bilan qishki tayyorgarlikni maromiga etkazishdir. O‘rtoqlik o‘yinlaridagi mag‘lubiyatlar muhim emas. Tajriba va formaga kirish eng asosiy maqsaddir. Darvoqe, «Ulsan»ga men bilan birga Server Jeparov ham keldi. U bilan 3ta klubda birga o‘ynaydigan bo‘ldik.. Dastlab «Seul»da, keyin «Seongnam»da va mana endi «Ulsan»da ham birgamiz. Uch klubda birga to‘p surish kamdan-kam uchraydigan holat. Men uni juda yaxshi bilaman. U «Ulsan»ning o‘yinini bemalol kuchaytira oladi. U ko‘p pul topadiyu, lekin sal ziqnaroq. Unga tilagim shuki, pullarini yaxshi sarflasin (kuladi)».
Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul
Manba: www.stadion.uz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing