Odatda, kam ta’minlangan oilalardan yetishib chiqqan futbolchilar yaxshiroq o‘ynaydi va ko‘p narsaga erishadi, deb hisoblab kelinadi. Ammo quyidagi kichik material ko‘pchilikning fikrini o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Gap shundaki, boy oilalardan chiqqan bir qancha jahon yulduzlari bor.
#5 Jerar Pike
Bunga ishonish qiyin, biroq «Barselona» klubining butun tarixidagi eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘lgan Jerar Pike umuman futbol o‘ynamasligi ham mumkin edi. Jerarning oilasi o‘ziga ancha to‘q. Uning otasi Barselonada taniqli advokat. Onasi esa tibbiy klinika xo‘jayini. Ammo Pikening taqdirida hal qiluvchi rolni uning bobosi o‘ynagan. Jerar kichkina bola paytida uning bobosi – Amador Bernabeu «Barselona» klubi vitse-prezidenti lavozimini egallagan. Aynan shu inson nabirasini futbol bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.
#4 Diyego Forlan
Hammasini, avvalo Forlanlar futbolchilar oilasi ekanligidan boshlash to‘g‘ri bo‘ladi. Urugvaylik hujumchining bobosi va otasi ham professional futbolchi bo‘lgan hamda turli davrlarda Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan. Futbol orqali ishlab topgan pullarini Forlanlar oilasi biznesga yo‘naltirgan va Diyegoga hayotda qanday ish bilan shug‘ullanish borasida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan paytda, pul masalasi oxirgi o‘rinda turgan. Shunga qaramay, Diyego ota-bobolari singari futbol yo‘lini tanladi va adashmadi. 2010 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi va to‘purari unvoni buning isbotidir.
#3 Andrea Pirlo
Italiyalik futbolchining otasi – po‘lat quyish kompaniyasining xo‘jayini va Andreaning ushbu kompaniyada o‘z ulushi bor. Intervyulardan birida Andrea dividendlar umrining oxirigacha ishlamasdan ham bemalol yashashiga yetishini aytgan. Biroq futbolga bo‘lgan muhabbat o‘z so‘zini aytdi va zavod xo‘jayinining o‘g‘li amalda jahon chempioni bo‘ldi.
#2 Rikardu Kaka
Odatda, braziliyalik futbolchilar uchun futbol kam-ko‘stsiz hayot ta’minlab olish uchun yagona soha sanaladi. Ammo faqat Rikardu Kaka holatida emas. Futbolchining otasi ancha mashhur va hurmatga loyiq injener. Onasi esa o‘qituvchi. Aynan Kakaning onasi o‘g‘lining tarbiyasida astoydil ter to‘kkan. Yakunda Kakadan jahonning 2007 yildagi eng yaxshi futbolchisi darajasidagi sportchi yetishib chiqdi.
#1 Janluka Vialli
Janluka Vialli butun futbol tarixi davomida eng boy oiladan chiqqan futbolchidir. Viallining otasi Italiyada 60 xonali xususiy qasrga ega edi. Umuman olganda, Janluka futbol mashg‘ulotlarida terlashi shart emasdi, balki umuman ishlamasa ham bo‘lardi. Biroq ishtiyoq va iqtidor o‘zini ko‘rsatdi. Yakunda Vialli turli klublar bilan 17 ta sovrin va unvonga ega chiqdi.
Shuhratbek Jo‘rayev
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas