
Foto: Getty Images
«Lion» prezidenti Jan-Mishel Olas Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasidagi «Yuventus»ga qarshi o‘yin avgust oyida bo‘lishini tasdiqladi.
«Yuventus»ga qarshi o‘yin 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Turinda tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Agar bizning Fransiya professional futbol ligasiga qarshi arznomamiz qabul qilinmaydigan bo‘lsa, «Lion» va PSJ o‘yin amaliyotiga ega jamoalar tomonidan tor-mor etiladi», — deydi Olas.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Fransiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumi muddatidan avval yakunlandi. «Lion» esa sud orqali Liga 1 joriy mavsumini qayta tiklashga harakat qilmoqda.
«Lion» Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «Yuventus»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. PSJ esa to‘xtalishlarga qadar «Borussiya D» to‘sig‘idan o‘tib (1:2, 2:0), chorak finalga yo‘l olgandi.
LionYuventusYevropa Chempionlar LigasiOlas/8 FinalFransiya Chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar