Foto: Twitter
Professional boksning og‘ir vazn toifasida jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson ringga qaytishi haqida gapirib o‘tdi.
«Hozirda o‘zimda shiddatni his qilyapman. Jang ma’budlari meni uyg‘otib yubordi. Ular ichimda olov yoqdi va men yana urushga ketishni xohlayman.
Faraz qiling: agar men yana ringga chiqib, jang qilsam, u holda muhtoj odamlar va hayvonlarga yordam bera olaman. Mana mening asosiy maqsadim», — deydi Tayson.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli sobiq bokschi ringga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali jangda ishtirok etishi xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas