
O‘zbek MMA olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 43 yoshli Ayubxon Kamalov yana jang qilish istagida ekanligini bildirdi.
- Men har doim tabiiy mashg‘ulotlar olib borganman. Shuning uchun organizmni charchatib qo‘yganman, deb o‘ylamayman. Hozirda ham jismoniy holatim ajoyib ko‘rinish olgan. Agar, imkoniyat berilsa, yana yurtimiz sha’nini munosib himoya qila olaman va buni uddalayman. Sababi, o‘zimga ishonaman!
Qozog‘istonda jang qilib yurgan vaqtimiz, sharoitlar yaxshi bo‘lmagan, tirikchilik uchun katta tavakkal qilib, jang o‘tkazardik. Hozirda esa, barchasi yaxshi ko‘rinish olgan. Qisqa qilib aytganda, mashg‘ulotlar olib borish uchun hamma sharoitlar bor. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanish mumkin. Faoliyatim mobaynida juda kuchli jangchilarga to‘qnash kelganman. O‘z vaqtida o‘sha rossiyalik Zubayra Tuxugov bilan ham jang qilishim kerak edi. Adolatsizlik tufayli Kuat Xamitov bilan jangimda g‘alaba unga berilib, yakunda Tuxugov bilan u oktagonga chiqqan edi. Demoqchimanki, hozirda ham MMAdagi tajribam asqotib, yaxshi natijalar qayd eta olaman!

Ayubxon KamalovO‘zbek MMAJang qilishTuxugov bilanJismoniy holatTajriba asqotadi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar