Foto: MMA Junkie
UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov hamda ushbu vaznning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji o‘rasidagi jang yozda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
«Nurmagomedov—Getji jangi yozda bo‘lib o‘tishini kutyapman. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv Janglar oroli (Kanadada joylashgan) bo‘lib o‘tadi. Bu u yerdagi birinchi musobaqa bo‘ladimi yoki ikkinchi, buni hozircha aniq bilmayman. Agar sport sohasida qandaydir mo‘’jiza yuz bermasa va musobaqalarga ruxsat berilmaydigan bo‘lsa, jang aniq men kutayotgan vaqtdan oldin bo‘lmaydi», — deydi UFC rahbari Uayt.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov iyul oyida navbatdagi jangini o‘tkazish niyatida ekanligini aytgandi. Toni Fergyuson ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Getji ham faqatgina Habib Nurmagomedov bilan jang qilishni xohlayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov o‘zining so‘nggi jangini 2019 yil 7 sentabrida Dastin Porega qarshi o‘tkazib, raqibini muddatidan avval taslim qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas