
"Rostov"da to‘p tepayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning top-ligalarga yo‘l olishi haqida anchadan buyon gapirilyapti.
Bugun futbolchining agenti, ProSportsManagement kompaniyasi rahbari German Tkachenko "Akademii futbola" jonli efiri vaqtida ham buni tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chindan ham Eldor Shomurodovga Germaniya klublari qiziqish bildiryapti va ular bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Ammo muzokaralar jarayoni futbol va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga jiddiy ta’sir o‘tkazayotgan umumiy iqtisodiy inqiroz tufayli murakkablashmoqda. Nemis klublaridan birining vakili bunday vaziyatda Shomurodovni xarid qilish uchun kimnidir sotib yuborishi kerakligini ta’kidlagan.

Manba: Championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing